Toshkent kimyo texnologiya instituti va “Toshkent chinni zavodi» o’rtasida hamkorlik o’rnatildi.

12 fevral, 2020

Ташкентский фарфоровый завод

Joriy yilning oktabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ochib berilgan «TOSHKENT CHINNI ZAVODI»ga 16-noyabr kuni Toshkent kimyo texnologiya institutining bir guruh rahbar xodimlari hamda professor-o’qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar tashrif buyurishdi.   Tashrif davomida Institut professori, ayni paytda ushbu zavodda kadrlarni tayyorlashda ko’maklashayotgan Aripova Mastura Xikmatovna barchani zavoddagi ish jarayoni bilan […]

Joriy yilning oktabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ochib berilgan «TOSHKENT CHINNI ZAVODI»ga 16-noyabr kuni Toshkent kimyo texnologiya institutining bir guruh rahbar xodimlari hamda professor-o’qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar tashrif buyurishdi.

 

Tashrif davomida Institut professori, ayni paytda ushbu zavodda kadrlarni tayyorlashda ko’maklashayotgan Aripova Mastura Xikmatovna barchani zavoddagi ish jarayoni bilan tanishtirdi. Tanishuvlar davomida zavodning chinni ishlab chiqarish uchun kerakli xom ashyo saqlanadigan omboridan, tayyor mahsulot saqlanadigan omborigacha, zavodda tashkil etilgan muzey, laboratoriya va o’quv xonalari bilan tanishdilar.

 

Quvonarli jihati shunda bo’ldiki, yangi ochilgan zavodda Toshkent kimyo-texnologiya institutini bitirgan bir guruh talablar, xususan, F.Muqimov va D.Husainovalar Chini zavodda operator-texnolog lavozimida o’z faoliyatlarini yuritayotganliklari barchani hursand qildi.

 

Institutimiz tadqiqotchi va talabalari o’qishdan bo’sh vaqtlarida nazariy bilimlarini amaliyotda tadbiq etishlari uchun zavod muzeyi, laboratoriya va o’quv xonalarida sohaga oid bilimlarini yanada takomillashtirib, ish jarayonida ishtirok etishlari mumkinligi rahbarlar tomonidan taklif etildi. Zavodda o’quv markazi tashkil etilgan bo’lib, talabalar mutaxasislik fanlaridan shu yerga kelib bilim olishlari ham mumkinligi talabalarda katta ta’surot uyg’otdi.

 

Tashrif yakunida «TOSHKENT CHINNI ZAVODI» va TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI o’rtasida hamkorlik memoramdumi imzolandi.

 

Ushbu memorandum ikkala tomon o’rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytiradi.